@akhatmirzo/ui

EmptyState

Bo'sh ro'yxat, natijasiz qidiruv va birinchi kirish holati uchun: ikonka, sarlavha, izoh va harakatlar.

Buyurtmalar hali yo'q

Birinchi buyurtma kelganda shu yerda ko'rinadi.

Import

import { EmptyState } from '@akhatmirzo/ui';

Qachon ishlatish

  • Ro'yxat yoki jadval bo'sh bo'lganda — "Buyurtmalar hali yo'q". Bo'sh oq joy o'rniga nima bo'lganini va keyingi qadamni ko'rsating.
  • Qidiruv yoki filtr natija bermaganda — so'rovni o'zgartirish yoki filtrni tozalashni taklif qiling.
  • Birinchi kirishda — foydalanuvchini birinchi harakatga yo'naltiring (size="lg").
  • Bitta asosiy harakat — action (primary), qo'shimchasi secondaryAction (ghost).
  • Sarlavha qisqa, izoh foydali bo'lsin — "Hech narsa yo'q" emas, "Birinchi buyurtma kelganda shu yerda ko'rinadi".

Qidiruvda natija yo'q

bordered — bo'lim ichida ishlatish uchun punktir chegara.

Hech narsa topilmadi

"Namangan" bo'yicha natija yo'q. So'zni o'zgartirib ko'ring.

O'lchamlar

size: sm — vertikal padding 24px, md (standart) — 40px, lg — 64px, ikonka doirasi 64px va kattaroq sarlavha.

Kichik

sm

O'rta

md

Katta

lg

DataTable bilan

DataTable bo'sh bo'lganda o'zining empty slotida aynan shu ko'rinishni chizadi. empty ga EmptyState'dagi kabi icon, title, description va action beriladi.

№MijozSumma

Buyurtmalar hali yo'q

Birinchi buyurtma kelganda shu yerda ko'rinadi.

Props

EmptyState qolgan barcha <div> atributlarini qabul qiladi (title dan tashqari — u prop sifatida band).

PropTipStandartTavsif
titlemajburiyReactNode—Sarlavha
descriptionReactNode—Qisqa izoh (max 40 belgi kenglikda)
iconReactNode—Berilsa — 48px doira ichida (lg da 64px)
actionReactNode—Asosiy harakat
secondaryActionReactNode—Ikkilamchi harakat
size'sm' | 'md' | 'lg''md'Vertikal padding: 24 / 40 / 64px
borderedbooleanfalsePunktir chegara va radius (bo'lim ichida ishlatish uchun)
headingLevel2 | 3 | 4 | 5 | 63Sarlavha tegi (h2–h6)

Data atributlari

Ildiz elementda: data-size, data-bordered (punktir chegara bo'lsa). Stilni boshqa elementga qo'llash uchun emptyStateVariants ham eksport qilinadi.

Accessibility

  • Sarlavha haqiqiy h* tegi — standart h3. Sahifa tuzilishiga moslab headingLevel bilan o'zgartiring, shunda sarlavhalar ketma-ketligi buzilmaydi.
  • Ikonka bezak — doirasi bilan birga aria-hidden.
  • Harakatlar — siz bergan tugmalar, klaviatura bilan odatdagidek ishlaydi. Tor ekranda (< 640px) ular ustma-ust va to'liq kenglikda turadi.
  • Natija dinamik o'zgarsa (qidiruv), xabar e'lon qilinishini istasangiz, o'rab turgan konteynerga role="status" bering.

Sahifada