Barcha bloklar
Nusxalab ishlatiladigan tayyor bo'limlar: kirish, tariflar, dashboard, jadval va to'liq ilova qolipi.
Bloklar — kutubxona komponentlaridan yig'ilgan tayyor sahifa bo'limlari. Har biri bitta mustaqil
fayl: o'z holati bilan, faqat @akhatmirzo/* paketlari va lucide-react ikonkalarini
ishlatadi, matnlari o'zbekcha. Faylni loyihangizga ko'chiring va o'zingizga moslang — endi u
sizniki.
Barcha bloklar
Telefon yoki email va parol bilan kirish: "Esda qolsin", Google tugmasi va xato holati.
Ism, +998 telefon, parol kuchi ko'rsatkichi va shartlarga rozilik bilan ro'yxatdan o'tish formasi.
OtpInput va useCountdown bilan 6 xonali SMS kodni tasdiqlash, qayta yuborish taymeri.
Uchta tarif kartochkasi, oylik/yillik almashtirgich va so'mdagi narxlar.
Sparkline bilan 4 ta KPI kartochka, AreaChart va hududlar bo'yicha ulush.
Avatar yuklash, ism, email, telefon va RegionSelect — @akhatmirzo/ui/form va zUz bilan validatsiya.
Sarlavha, qidiruv va filtrlar, DataTable, Pagination va bo'sh natija holati.
Savat ro'yxati, promokod, so'mdagi jami summa va Stepper bilan buyurtma bosqichlari.
AppShell, Sidebar va Header bilan to'liq boshqaruv paneli qolipi.
Qanday qo'shish
Loyihani tayyorlang
Paketlarni o'rnatadi va global CSS ga tokenlarni ulaydi (batafsil — CLI):
npx @akhatmirzo/cli initBlokni qo'shing
npx @akhatmirzo/cli add login pricingFayllar components/blocks/ ga yoziladi. Yoki blok sahifasidagi "Kod" tabidan qo'lda nusxalang.
Sahifada ishlating
import Login from '@/components/blocks/login';
export default function Page() {
return <Login />;
}Moslashuvchanlik
Bloklar viewport emas, konteyner kengligiga (@container) qarab moslashadi: sahifaning tor
ustuniga qo'ysangiz ham telefon ko'rinishiga o'tadi. Ko'rinish ramkasidagi kompyuter / planshet /
telefon tugmalari yoki o'ng pastki burchakdan tortish bilan tekshirib ko'ring.
Toast xabarlari
Ba'zi bloklar toast() chaqiradi — ilovangiz ildizida <Toaster /> bo'lishi kerak
(Toast).