@akhatmirzo/ui

Card

Kontent bloki: Card.Header, Card.Body va Card.Footer bilan yig'iladi, havola sifatida ham ishlaydi.

Buyurtma #1042

Bugun, 14:20

Yangi
Sarvar Abduxoliqov3 ta mahsulot · 245 000 so'm

Import

import { Card } from '@akhatmirzo/ui';

Qachon ishlatish

  • Bir mavzudagi ma'lumotni guruhlash uchun — buyurtma, mahsulot, statistika, sozlamalar bo'limi.
  • Kompozitsiyadan foydalaning: Card.Header (sarlavha, izoh, o'ngdagi harakat), Card.Body, Card.Footer. Hammasi ixtiyoriy.
  • Butun karta bosiladigan bo'lsa — interactive va asChild bilan <a> yoki <button> bering, <div onClick> emas.
  • Kartani kartaning ichiga qo'ymang. Ichki guruhlash uchun Divider yoki bo'shliq yetarli.

Variantlar

elevated (standart) — soya va chegara, oq fonda ajralib turadi. outline — faqat chegara, zich ro'yxatlar uchun. soft — chegarasiz, surface-muted fon.

Elevated

Soya va chegara (standart)

Outline

Faqat chegara

Soft

Och kulrang fon

Ichki bo'shliq

padding: none — 0, sm — 16px, md (standart) — 24px, lg — 32px. Bo'limlar orasidagi masofa ham shunga moslashadi.

sm · 16px
md · 24px
lg · 32px

Rasm bilan

padding="none" va overflow-hidden — rasm karta chetiga tegib turadi, matnga bo'shliqni o'zingiz berasiz.

Samarqand bo'ylab sayohat

2 kun · 4 ta joy

Joy borGuruh

Bosiladigan karta

interactive hover'da soyani oshiradi va kursorni "qo'l" qiladi. Bu faqat stil — klaviatura uchun asChild bilan <a> yoki <button> bering: shunda karta Tab bilan fokuslanadi va Enter bilan ochiladi.

import Link from 'next/link';

<Card interactive asChild>
  <Link href="/hisobotlar/sotuv">
    <Card.Header title="Sotuvlar" description="Oktyabr" />
  </Link>
</Card>;

Props

Card

Card qolgan barcha <div> atributlarini qabul qiladi.

PropTipStandartTavsif
variant'elevated' | 'outline' | 'soft''elevated'Ko'rinish
padding'none' | 'sm' | 'md' | 'lg''md'Ichki bo'shliq: 0 / 16 / 24 / 32px
interactiveboolean | nullfalseHover va fokus ko'rinishi (faqat stil)
asChildbooleanfalseO'z elementi o'rniga bolasini render qiladi (masalan, <a>)

Card.Header

CardHeader nomi bilan ham eksport qilinadi. Qolgan <div> atributlarini qabul qiladi; children sarlavha va izoh ostiga qo'shiladi.

PropTipStandartTavsif
titleReactNode—Sarlavha (<h3>)
descriptionReactNode—Sarlavha ostidagi xira matn
actionReactNode—O'ng tomondagi element: badge, tugma, menyu

Card.Body va Card.Footer

CardBody va CardFooter — oddiy <div> lar, barcha atributlarini qabul qiladi. Body matnni text-sm qiladi, Footer bolalarni bir qatorga terib, gap-2 bilan joylaydi (o'ngga surish uchun className="justify-end").

Data atributlari

Card ildizida: data-variant, data-padding, data-interactive. Stilni boshqa elementga qo'llash uchun cardVariants ham eksport qilinadi.

Accessibility

  • Oddiy <div> — rol qo'shilmaydi. Mazmunli bo'lim bo'lsa, asChild bilan <section> yoki <article> bering.
  • Card.Header sarlavhasi <h3>. Sahifadagi sarlavhalar tartibiga mos kelmasa, title o'rniga children ga o'z sarlavhangizni yozing.
  • Bosiladigan karta faqat asChild bilan haqiqiy <a> / <button> bo'lganda klaviaturada ishlaydi; fokus halqasi butun kartaga chiziladi.

Sahifada