@akhatmirzo/ui

Divider

Bo'limlarni ajratuvchi 1px chiziq: gorizontal yoki vertikal, o'rtasida matn bilan.

Mahsulotlar220 000 so'm
Yetkazib berish25 000 so'm
Jami245 000 so'm

Import

import { Divider } from '@akhatmirzo/ui';

Qachon ishlatish

  • Mazmunan farq qiladigan bo'laklarni ajratish uchun — chekdagi jami summa, menyu guruhlari, karta ichidagi bo'limlar.
  • Ko'pincha bo'shliq yetarli. Har bir element orasiga chiziq qo'ymang — sahifa "panjara"ga aylanadi.
  • Muqobil yo'llar orasida — label="yoki": "Telefon orqali kirish" / "Google orqali kirish".
  • Faqat bezak bo'lsa (masalan, navigatsiya bandlari orasida) — decorative.

Matn bilan

label chiziq o'rtasiga matn qo'yadi. Matn satr bo'lsa, aria-label sifatida ham ishlatiladi.

Vertikal

orientation="vertical" — qator ichida, balandligi ota elementga cho'ziladi. Ota elementga balandlik bering (h-5) yoki items-stretch.

Bosh sahifa
Buyurtmalar
Sozlamalar

Props

Divider qolgan barcha <div> atributlarini qabul qiladi. Rangni className bilan o'zgartirasiz, masalan bg-border-strong.

PropTipStandartTavsif
orientation'horizontal' | 'vertical''horizontal'Yo'nalish
labelReactNode—O'rtadagi matn ("yoki")
decorativebooleanfalseFaqat bezak — ekran o'quvchidan yashiriladi (role="none")

Ildiz elementda data-orientation atributi bor.

Accessibility

  • role="separator" va aria-orientation — ekran o'quvchi bo'limlar chegarasini aytadi.
  • label satr bo'lsa, ajratuvchining aria-label iga aylanadi.
  • decorative — role="none": ma'nosiz chiziqlar o'qilmaydi. Navigatsiya bandlari, toolbar guruhlari orasidagi chiziqlar uchun.

Sahifada