@akhatmirzo/ui

Versiyalar va CHANGELOG

Versiyalash qoidalari, o'zgarishlar tarixi va yangi versiyaga o'tish.

Paketlar Semantic Versioning (SemVer) bo'yicha versiyalanadi va Changesets yordamida nashr qilinadi. Har bir paketning o'z versiyasi va o'z CHANGELOG.md fayli bor.

PaketJoriy versiyanpm
@akhatmirzo/ui0.2.0npmjs.com/package/@akhatmirzo/ui
@akhatmirzo/tokens0.1.3npmjs.com/package/@akhatmirzo/tokens
@akhatmirzo/core0.1.3npmjs.com/package/@akhatmirzo/core
@akhatmirzo/hooks0.1.3npmjs.com/package/@akhatmirzo/hooks

Versiya raqami nimani anglatadi

Versiya uch qismdan iborat: MAJOR.MINOR.PATCH.

QismMisol1.0 dan keyin0.x bosqichida
MAJOR1.4.2 → 2.0.0Buzuvchi o'zgarish—
MINOR0.1.3 → 0.2.0Yangi imkoniyat, eskisi buzilmaydiBuzuvchi o'zgarish bo'lishi mumkin
PATCH0.1.0 → 0.1.1Xato tuzatishXato tuzatish va kichik yangiliklar

0.x nimani anglatadi

Kutubxona hozir 0.x bosqichida — API asosan barqaror, lekin real loyihalarda sinalib, sayqallanmoqda. Shu bosqichda:

  • Patch (0.1.0 → 0.1.1) — xavfsiz: xato tuzatishlar va eskisini buzmaydigan qo'shimchalar.
  • Minor (0.1 → 0.2) — buzuvchi o'zgarishlar bo'lishi mumkin: prop nomi o'zgarishi, standart qiymat almashishi, komponent bo'linishi. Har biri CHANGELOG'da yoziladi.
  • 1.0.0 — API barqarorlashgach. Undan keyin buzuvchi o'zgarishlar faqat major versiyada.

^0.1.0 qanday ishlaydi

pnpm add package.json ga "^0.1.0" yozadi. 0.x da ^ faqat patch yangilanishlarni oladi: 0.1.5 o'rnatiladi, 0.2.0 esa yo'q. Ya'ni buzuvchi bo'lishi mumkin bo'lgan minor versiyaga faqat o'zingiz o'tasiz.

Paketlar bir-biriga qanday bog'langan

@akhatmirzo/ui core va hooks ni oddiy bog'liqlik sifatida, tokens ni esa peerDependency sifatida oladi — tokenlarni o'zingiz o'rnatasiz va CSS'da ulaysiz. Yangilashda ui va tokens versiyalarini birga ko'taring: yangi komponent yangi tokenga tayanishi mumkin.

Hujjat versiyalari

Bu sayt minor versiyalar bo'yicha saqlanadi: v0.1, v0.2 ... Har bir minor versiyaning o'z hujjat to'plami bor, patch relizlar esa joriy to'plamni yangilaydi. Versiyani yon paneldagi tanlagichdan almashtiring. Eski versiya sahifasida ogohlantirish banneri va eng so'nggi versiyaga havola chiqadi.

O'zgarishlar tarixi

0.2.0

@akhatmirzo/ui 0.2.0 · tokens, core, hooks 0.1.3

8 ta yangi komponent — mavjud API o'zgarmagan, yangilash xavfsiz.

0.1.0

Barcha paketlar — birinchi nashr

Birinchi ommaviy versiya: npm'da ochiq, MIT litsenziya.

  • @akhatmirzo/tokens — ranglar (light va dark), tipografiya, radius, soyalar, animatsiya, z-index qatlamlari; Tailwind v4 @theme, focus-ring va focus-ring-within utilitalari.
  • @akhatmirzo/ui — Radix va Tailwind v4 asosidagi 32 ta komponent oilasi:
    • Asoslar: Button, IconButton, Kbd, Spinner
    • Formalar: Field, Input, Textarea, Select, Combobox, DatePicker, DateRangePicker, Calendar, MaskedInput, PhoneInput, MoneyInput, CardInput, OtpInput, FileUpload
    • Tanlov: Checkbox, RadioGroup, Switch
    • Ko'rsatish: Badge, Avatar, Card, Skeleton, Divider
    • Overlay: Dialog (+ confirm()), Drawer, Popover, Tooltip, toast(), DropdownMenu, CommandPalette
    • Navigatsiya va ma'lumotlar: Tabs, Accordion, DataTable, VirtualList
  • @akhatmirzo/core — o'zbek tiliga moslangan formatlash (pul, telefon, karta, sana, fayl hajmi), validatsiya (telefon, email, karta, parol), matn (kirill ↔ lotin, qidiruv, slugify), storage va API klient.
  • @akhatmirzo/hooks — 12 ta hook: useDebounce, useLocalStorage, useHotkeys, usePagination, useAsync va boshqalar.

To'liq tarix har bir paketning CHANGELOG.md faylida: ui · tokens · core · hooks.

Yangi versiyaga o'tish

CHANGELOG'ni o'qing

Joriy va yangi versiya orasidagi barcha yozuvlarni ko'rib chiqing. 0.x da minor versiyaga o'tayotganda Minor Changes bo'limini diqqat bilan o'qing — buzuvchi o'zgarishlar shu yerda yoziladi.

Paketlarni birga yangilang

Ishlatayotgan barcha @akhatmirzo/* paketlarni bitta buyruq bilan ko'taring:

pnpm up "@akhatmirzo/*" --latest

npm'da: npm install @akhatmirzo/ui@latest @akhatmirzo/tokens@latest (qolganlari ham shunday).

Tekshiring

tsc --noEmit olib tashlangan yoki nomi o'zgargan prop'larni ko'rsatadi. Keyin ilovani ochib, light va dark rejimda asosiy sahifalarni ko'zdan kechiring.

Bitta versiyada qoling

Bir loyihada @akhatmirzo/ui ning ikki xil versiyasi bo'lmasin (masalan, monorepo'dagi turli ilovalarda). pnpm why @akhatmirzo/ui bilan tekshiring.

Sahifada