@akhatmirzo/ui

Textarea

Ko'p qatorli matn maydoni: matnga qarab o'sadi va belgilarni sanaydi.

Import

import { Textarea } from '@akhatmirzo/ui';

Qachon ishlatish

  • Erkin, ko'p qatorli matn uchun — izoh, manzil, sharh, xabar. Bir qatorli qiymatga Input.
  • Doim Field ichida — label, izoh va xato o'zi ulanadi.
  • Chat va izoh maydonlarida autoResize ishlating: maydon matn bilan birga o'sadi, maxRows dan keyin ichki scroll paydo bo'ladi.
  • Cheklov bo'lsa, maxLength ni showCount bilan bering — foydalanuvchi qancha joy qolganini ko'rib turadi.

Avtomatik balandlik

autoResize — balandlik minRows dan maxRows gacha matnga moslashadi. maxRows berilmasa, cheklovsiz o'sadi. Bu rejimda qo'lda cho'zish (resize) o'chiriladi.

Belgilar soni

showCount maydon ostida belgilar sonini ko'rsatadi; maxLength bilan "64 / 120" ko'rinishida. Chegaraga yetganda son qizaradi.

66 / 120

Holatlar va o'lchamlar

Input dagi holatlar: invalid, disabled, readOnly. O'lchamlar (sm, md, lg) ichki bo'shliq va shrift o'lchamini o'zgartiradi; balandlikni minRows belgilaydi.

Field bilan

Kuryer uchun qo'shimcha ma'lumot

0 / 300

Props

Textarea qolgan barcha <textarea> atributlarini (name, placeholder, maxLength, onChange ...) qabul qiladi; ref ichki <textarea> ga tushadi. rows o'rniga minRows ishlatiladi. className — tashqi konteynerga, ichki elementga — textareaClassName.

PropTipStandartTavsif
size'sm' | 'md' | 'lg''md'Ichki bo'shliq va shrift o'lchami
invalidboolean—Xato holati (Field ichida error bo'lsa avtomatik)
autoResizebooleanfalseBalandlik matnga qarab o'sadi (minRows .. maxRows)
minRowsnumber3Boshlang'ich (va eng kichik) qatorlar soni
maxRowsnumber—autoResize'da eng ko'p qatorlar; undan keyin ichki scroll
showCountbooleanfalseBelgilar soni; maxLength bilan "120 / 500"
textareaClassNamestring—Ichki <textarea> klassi
readOnlybooleanfalseFaqat o'qish uchun

Data atributlari

Atributlar tashqi konteynerda (data-slot="textarea"): data-size, data-invalid, data-disabled, data-readonly. Hisoblagich elementi — data-slot="textarea-count".

Accessibility

  • Native <textarea> — Tab bilan fokuslanadi, Enter yangi qator qo'shadi.
  • Field bilan id, aria-describedby, aria-invalid va aria-required avtomatik ulanadi.
  • Hisoblagich aria-describedby ga qo'shiladi — ekran o'quvchi maydonga kelganda limitni ham aytadi.

Sahifada